Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi

"Shanxay Shenhxua" Osiyo Chempionlar ligasida 7-tur yakunlariga ko'ra pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda "Buriram United"ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashishdan oldingi so'nggi imkoniyat edi, biroq bu safar ham "eshikni qarsillatib" yopib ketishning uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning dastlabki bo'limida "Buriram" tezkor ikki gol urdi, shundan so'ng "Shanxay Shenhxua" bir futbolchisi chetlatilib, vaziyat yanada og'irlashdi va intriga deyarli so'ndi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenhxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing