Zoran Toshich Rossiya va Serbiya yana o‘ynashini istaydi

Moskvaning CSKA klubi sobiq futbolchisi Zoran Toshich Rossiya va Serbiya terma jamoalari o‘rtasida yana bir o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish g‘oyasiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning aytishicha, bunday o‘yin yana tashkil etilsa, Rossiyada ham, Belgradda ham o‘tkazish mumkin. Toshich avvalgi bahs iliq taassurot qoldirganini ta’kidlab, imkon bo‘lsa bu tajribani takrorlash kerakligini Metaratings nashriga aytdi.
Shuningdek, serblar 2026 yil Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati saralash bosqichida kutilgan natijani ko‘rsata olmadi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Rossiya va Serbiya allaqachon maydonda to‘qnash kelgan: mart oyida Moskvadagi «VTB Arena»da rossiyaliklar deyarli butun uchrashuvni bir kishi ko‘p bo‘lib o‘tkazib, serblarni 4:0 hisobida yirik mag‘lub etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!