Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

“Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. Sakkizinchi turda “Buriram Yunayted”ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashishdan oldingi so'nggi urinish edi, biroq “eshikni qarsillatib yopish”ning uddasidan chiqilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi uchrashuvni 2:0 hisobida o'z foydasiga hal qildi. “Buriram” birinchi bo'limning avvalidayoq ikki bor darvozani ishg'ol etdi: 11-daqiqada Gud Ko'rtis, 22-daqiqada esa Sufanat Muanta gol muallifi bo'ldi. Ko'p o'tmay “Shanxay Shenxua” bir futbolchiga kam bo'lib qoldi va bu holat o'yindagi intriga deyarli yo'qolishiga olib keldi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yakuniga qadar mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!