date

Marselni xakerlar hujumi klub inqirozidan ham ko'proq cho'chitdi

Marselni xakerlar hujumi klub inqirozidan ham ko'proq cho'chitdi

Fransuzning “Marsel” klubi so'nggi paytda chinakam qora davrni boshdan kechirmoqda: turli musobaqalardan chiqib ketdi, bosh murabbiy bilan xayrlashdi, sport direktori esa lavozimni tark etishga urindi (hatto qolgan taqdirda ham avvalgidek ishtiyoq bilan ishlashi qiyin). Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bunga qo'shimcha ravishda, noma'lum kiberjinoyatchilar klubning rasmiy saytiga hujum uyushtirdi. Oqibatda klub va sayt bilan turli yo'llar orqali aloqada bo'lgan bir necha yuz ming kishining shaxsiy ma'lumotlari internetga sizib chiqqani aytilmoqda.

Mahalliy nashrlardan biri o‘tkazgan tezkor so‘rov natijalariga ko‘ra, hozir muxlislarni klubning sport va boshqaruvdagi beqarorligidan ko‘ra ko‘proq aynan xakerlik hujumi va ma’lumotlar xavfsizligi masalasi tashvishga solmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselni xakerlar hujumi klub inqirozidan ham ko'proq cho'chitdi