date

Turkiyada o‘yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o‘yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada «Mevlanakapi Gyu'zelhisar» va «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari uchrashuvida noodatiy voqea yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda darvozabon to‘pni uzoqlashtiraman deb, maydon ustidan uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qush yerga qulashi bilan har ikki jamoa futbolchilari darhol uning yoniga yugurib bordi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatni tezda anglab, chayqaga bilvosita yurak massaji qilishga kirishdi.

Shundan so‘ng futbolchi qushni maydon bo‘yidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi. Turkiyaning AA portali xabariga ko‘ra, chayqa tirik qolgan: u bir muddat ucha olmasligi mumkin, biroq veterinarlarga topshirilgach, ahvoli yaxshilanishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada o‘yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi