date

Barselona APLdan Markos Senesini transfer qilishi mumkin

Barselona APLdan Markos Senesini transfer qilishi mumkin

«Barselona» himoya chizigini kuchaytirish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. The Touchline xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar «Bornmut» markaziy himoyachisi Markos Senesini yuqori baholamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik argentinalik futbolchining o‘yin uslubi o‘tgan mavsum jamoada to‘p surgan Inyigo Martinesnikiga yaqin, deb hisoblaydi.

Klub 28 yoshli Senesini «Inter» himoyachisi Alessandro Bastoniga nisbatan ancha arzonroq muqobil sifatida ko‘rmoqda.

Senesining «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 mavsumi yakuniga qadar mo‘ljallangan. Shu bois, yaqin yozda uni erkin agent sifatida qo‘lga kiritish imkoniyati ham mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona APLdan Markos Senesini transfer qilishi mumkin