date

Inter Chempionlar ligasidagi omadsizlikdan keyin Kivuga maosh oshiradi

Inter Chempionlar ligasidagi omadsizlikdan keyin Kivuga maosh oshiradi

“Inter” Chempionlar ligasida kutilgan natijani bera olmadi. Milan klubi pley-off bosqichidayoq musobaqani tark etdi: jamoa “Bude-Glimt”ga safarda 1:3, uyda esa 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, klub rahbariyati bosh murabbiy Kristian Kivuning ishidan mamnun ko'rinadi. Jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda bergan xabarga ko'ra, Kivu “Inter” bilan shartnomani uzaytirishga juda yaqin.

Qayd etilishicha, yangi kelishuv 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan bo'ladi va yana bir mavsumga uzaytirish bandini ham o'z ichiga oladi. Hujjat imzolangach, Kivuning maoshi ham oshadi.

Kivu “Inter”ni o'tgan yozda qabul qilib olgandi. Hozir jamoa A Seriyada ishonchli peshqadam bo'lib turibdi va ikkinchi o'rindagi “Milan”ni 10 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Chempionlar ligasidagi omadsizlikdan keyin Kivuga maosh oshiradi