Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua ACLda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng «Shanxay Shenxua» pley-offga chiqish imkonini boy berib bo'lgandi. Sakkizinchi turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish edi, biroq bu safar ham kutilgan natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga yakunlandi. «Buriram Yunayted» ilk bo'limning boshidayoq ikki bor gol urib, o'yin taqdirini erta hal qildi. Oradan ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchisi chetlatilib, jamoa bir kishi kam qolganidan keyin intriga deyarli so'ndi.
Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing