Bavariyada faqat Nikolas Jekson rolidan norozi

Myunxenning “Bavariya” klubida hujumchi Nikolas Jekson o‘zining jamoada tutayotgan o‘rnidan qoniqmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko‘ra, senegallik futbolchi klubdagi yagona norozi o‘yinchi bo‘lib, u yetarlicha o‘yin amaliyoti olmagani uchun ranjigan. Uning kayfiyati jamoa ichida ham sezilmoqda. Qolgan futbolchilar esa cheklangan roliga ko‘nikib, ko‘proq daqiqa olish uchun mehnat qilishga urinmoqda.
“Bavariya” Jeksonni 2025 yil sentabrida “Chelsi”dan mavsum oxirigacha 16 million yevro evaziga ijaraga olgandi. Kelishuvda 65 million yevroga sotib olish opsiyasi ham bor. Joriy mavsumda Jekson barcha turnirlarda 22 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing