Galatasaray Interdan Chalg'anog'luni so'radi, biroq rad javobi oldi

“Galatasaray” vitse-prezidenti Abdulla Kavukchu klub “Inter” yarim himoyachisi Hakan Chalg'anog'luni o'z safiga qo'shib olishni istaganini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Funktsionerning aytishicha, istanbulliklar yanvarda futbolchini olib kelish bo'yicha yana bir bor urinish qilgan. “Inter” rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tgan, ammo milanliklar Hakan qishki transfer oynasida jamoani tark etmasligini bildirgan. Kavukchu turk futbolchisi milliy jamoa uchun ramziy figura ekanini, shuningdek, u “Galatasaray” muxlisi ekanini ham ta'kidladi. “Qachonligini bilmayman, lekin bir kuni uni klubimiz safida ko'ramiz”, — dedi u Football Italia nashriga.
Chalg'anog'lu 2021 yilda “Milan”dan “Inter”ga erkin agent sifatida o'tgandi. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda yarim himoyachi milanliklar safida 23 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!