Eldor Shomurodov Italiyaga borib Masharipovdan shaxsan xabar oldi

1 daqiqa o'qish18.5K
Eldor Shomurodov Italiyaga borib Masharipovdan shaxsan xabar oldi

"Istanbul Bashakshehir" hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaga safar qildi. Bu safar transfer yoki yig‘in emas — oddiy, lekin juda insoncha qadam: u Jaloliddin Masharipovning holidan xabar olish uchun yo‘lga chiqqan.

Ma’lum bo‘lishicha, Masharipov hozirda Italiyada jarohatini davolayapti. Ana shu jarayonda hamyurtimizni ruhlantirib qo‘yish, qo‘llab-quvvatlash — Shomurodovning asosiy maqsadi bo‘lgan.

Masharipov esa bu uchrashuvni ijtimoiy tarmoqda samimiy qayd etdi:

“Eldor meni ko‘rgani kelibdi. Bu mavsum Turkiyada to‘purar bo‘lishini tilab, duo qilib qo‘ydim”.

Aytish joiz, joriy mavsumda Turkiya chempionatida Eldorning formasi chaqqon: u 16 ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turibdi. Demak, maydonda “rejim” yaxshi, kayfiyat ham yuqori — endi faqat shunday barqarorlik davom etsin.

Qisqasi, ba’zan eng katta motivatsiya — katta gaplar emas, oddiy ko‘rishib qo‘yish. Masharipov tezroq sog‘aysin, Eldor esa bu mavsumda to‘purarlik poygasida birinchi o‘rinni ham tortib olsin — duolar “apgreyd” qilindi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?