Turkiyada o‘yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o‘tkazilgan uchrashuvdan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqaldi. "Mevlanakapi Guzelhisar" hamda "Istanbul Yurdum Spor" jamoalari bahsida darvozabon to‘pni uzoqlashtirmoqchi bo‘lib, maydon uzra uchib o‘tayotgan chayqaga tegizib yuborgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Holat yuz bergach, har ikki jamoa futbolchilari darhol qush tomon yugurishdi. "Istanbul Yurdum Spor" sardori Gani Chatan vaziyatni tez anglab, chayqaga bilvosita yurak massaji qilishni boshladi.
Shundan so‘ng futbolchi chayqani maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi. Turkiyaning AA portali xabariga ko‘ra, chayqa omon qolgan: u bir muddat ucha olmaydi, biroq veterinarlardan zarur yordam olib, tez orada tiklanishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing