O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zgidromet tezkor ogohlantirish berdi. 21 fevral kuni kutilgan kuchli yog‘ingarchiliklar sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosish holatlari ham kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.
Sel xavfi bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlar:
Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining qator tumanlari hamda ayrim shaharlari.
Toshkent viloyatida: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlarida xavf yuqoriroq baholanmoqda.
Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.