date

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi

Leonid Slutskij boshqaruvidagi «Shanxay Shenhxua» Osiyo Chempionlar ligasida 7-turdan keyin pley-off yo‘llanmasi uchun imkoniyatlarini boy bergandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs jamoa uchun musobaqa bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish edi, biroq «eshikni qarsillatib yopish»ning uddasidan chiqilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida taylar foydasiga yakunlandi. «Buriram Yunayted» birinchi bo‘limning ilk qismidayoq ketma-ket ikkita gol urib, o‘yinni nazoratga oldi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Supxanat raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Tez orada «Shanxay Shenhxua» bir futbolchisidan ayrilib, maydonda kamchilikda qoldi. Shu holat ham intriganing deyarli barvaqt so‘nishiga sabab bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Leonid Slutskijining «Shanxay Shenhxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi