Allardays Chelsi Palmerni baribir mos narxda sotadi

“Vest Hem”ning sobiq bosh murabbiyi Sem Allardays “Manchester Yunayted” “Chelsi” yarim himoyachisi Koul Palmerga qiziqayotgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Allardaysning fikricha, “Chelsi” baribir Palmerni munosib taklif bo‘lsa sotishga tayyor bo‘ladi. “Gap shundaki, ‘Manchester Yunayted’da ‘Chelsi’ xohlaydigan pul bormi-yo‘qmi. Palmer yana kamida sakkiz yil yuqori darajada o‘ynay oladi. U ‘Chelsi’ga kelgan ilk kunidanoq o‘z iqtidorini ko‘rsatdi. Hozir jarohat sabab o‘yinida biroz pasayish bor, ammo tez orada avvalgi darajasiga qaytadi”, — dedi Allardays No Tippy Tappy Football’ga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda Koul Palmer “Chelsi” safida barcha musobaqalarda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!