date

Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

O'zbekiston terma jamoasi va Istanbul Bashakshehir klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng samarali o'yinchi bo'lib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21-fevral holatiga ko'ra (Toshkent vaqti bilan) Shomurodov «gol+pas» tizimida 20 ochko jamg'ardi: 16 ta gol va 4 ta assist. U ayni paytda turnir to'purarlari ro'yxatida ham peshqadam.

Galatasaray yulduzlari Mauro Ikardi va Viktor Osimhen bilan taqqoslanganda, Shomurodovning ko'rsatkichlari ancha yuqori. Ikardining barcha o'yinlarda 13 ta goli bor, Osimhen esa milliy chempionat doirasida 9 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov to'p surayotgan O'zbekiston terma jamoasi 2026-yilda Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanma olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi