date

Dani Olmo Barselonadagi eng kam baholangan futbolchini aytdi

Dani Olmo Barselonadagi eng kam baholangan futbolchini aytdi

«Barselona» yarimhimoyachisi Dani Olmo jamoadoshlari orasida kimni eng kam baholanishini aytib o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

27 yoshli futbolchi bu borada himoyachi Erik Garsiyani tilga oldi. Olmoning fikricha, Garsiya joriy mavsumda bosh murabbiy Hans-Diter Flik uchun muhim figuraga aylangan.

«Erik — tarkibimizdagi eng kam baholangan o‘yinchi. Hozir uni avvalgidan ko‘proq qadrlashmoqda, ammo men baribir uni aytaman», — deya Olmoning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Ma’lumot uchun, Garsiya bu mavsum «ko‘k-anorranglilar» safida 39 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol va 2 assist qayd etgan. Dekabr oyida esa ko‘p qirrali markaziy himoyachi klub bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dani Olmo Barselonadagi eng kam baholangan futbolchini aytdi