date

Feruza Yusupova tug‘ilgan kunida turmush o‘rtog‘idan kutilmagan sovg‘a oldi

Feruza Yusupova tug‘ilgan kunida turmush o‘rtog‘idan kutilmagan sovg‘a oldi

Mahoratli aktrisa Feruza Yusupova tug‘ilgan kunini yaqinlari davrasida nishonladi. U ijtimoiy tarmoqlarda bayram kechasidan videolarni bo‘lishdi.

Videoda aktrisaning turmush o‘rtog‘i qo‘lida guldasta bilan xonaga kirib kelganini ko‘rish mumkin. U nafaqat rafiqasini, balki qizi uchun ham alohida gul taqdim etgan.

Shuningdek, u Feruza Yusupovaga to‘plam shaklidagi taqinchoqlar sovg‘a qildi. Kutilmagan tabrik aktrisani hayratga solgani va uning yuzidagi quvonchdan buni anglash mumkin.

Feruza Yusupova ushbu lavhalarni sahifasiga joylab, muxlislari bilan quvonchli onlarni bo‘lishdi. Izohlarda muxlislar aktrisaga samimiy tilaklar yo‘llamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Feruza Yusupova tug‘ilgan kunida turmush o‘rtog‘idan kutilmagan sovg‘a oldi