Prestianni diskvalifikatsiyadan so'ng keskin postini o'chirdi

«Benfika» yarim himoyachisi Janluka Prestianni chorshanba kuni kechqurun «Real»ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Portugaliya klubi futbolchiga qo'llanilgan vaqtinchalik diskvalifikatsiya bo'yicha bergan apellyatsiya shikoyatini Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi rad etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shundan so'ng Prestianni ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildirib, keyinroq postini o'chirib tashladi. Argentinalik futbolchi «Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde bilan bog'liq epizodda sanksiya qo'llanmagani, o'ziga nisbatan esa dalilsiz chetlatish bo'layotganini ta'kidladi.
«Kimnidir yuziga ochiq urish — jazosi yo'q. Birovni esa isbotsiz chetlatish mumkin. «Real» bilan bo'lganida buni hatto yashirishga ham urinmayapti. Qanday uyat», — degan edi Prestianni.
Eslatib o'tamiz, UYeFA Prestianni va Vinisius bilan bog'liq holat bo'yicha tekshiruvni davom ettirmoqda. Bir o'yinlik vaqtinchalik diskvalifikatsiya dastlabki xulosalarda diskriminatsiya alomatlari borligi qayd etilgani bilan izohlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!