date

Slutskij boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Chempionlar ligasida yutqazib qo'ydi

Slutskij boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Chempionlar ligasida yutqazib qo'ydi

Osiyo Chempionlar ligasida «Shanxay Shenxua» yetti tur yakuniga ko'ra pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda Leonid Slutskij shogirdlari «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuvda musobaqa bilan xayrlashish oldidan hech bo'lmaganda yaxshi natija qayd etishni ko'zlagan edi, biroq bunga erisha olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. «Buriram Yunayted» ilk bo'limning boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat gol muallifi bo'ldi. Oradan ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchisini yo'qotib, kamchilikda qolib ketdi va bu o'yindagi intriga amalda so'ndi.

Qayd etilishicha, Leonid Slutskijning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskij boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Chempionlar ligasida yutqazib qo'ydi