Real yozda Gregor Kobelni tarkibiga qo‘shib olmoqchi

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida darvozabon pozitsiyasini kuchaytirish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Xorxe Pikon bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «qaymoqranglilar» Dortmundning «Borussiya»si posboni Gregor Kobel variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Shveysariyalik darvozabon «Real»ning darvoza chizig‘ini mustahkamlash bo‘yicha asosiy maqsadi sifatida ko‘rilmoqda.
Kobel 2021 yilda «Shtutgart»dan «Borussiya» Dortmundga 15 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u «ariqlar» safida barcha musobaqalarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 45 gol o‘tkazib yubordi va 14 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Transfermarkt portali Kobelning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!