Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Safonovni maqtab chiqdi

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Floran Sinama-Pongol Rossiya darvozaboni Matvey Safonovning «PSJ»dagi o'yinlarini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Veteran futbolchi Rossiya Premer-ligasini muntazam kuzatmasligini aytdi, biroq Safonov Fransiya va Yevropada doim ko'z o'ngida ekanini ta'kidladi.
«Rossiyalik futbolchilar Chempionlar ligasida yaxshi ko'rinish bermoqda. «PSJ»dagi Safonov ham o'z ishini puxta bajarib kelmoqda», — deya uning so'zlarini keltiradi РИА Новости.
2025/2026 yilgi mavsumda Safonov parijliklar safida 10 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol o'tkazib yubordi. Shuningdek, u darvozasiga berilgan 7 penaltidan 5 tasini qaytardi.
Bugun, 25 fevral kuni Safonov 27 yoshga to'ldi. Klub darvozabonni tug'ilgan kuni bilan iliq tabrikladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!