Real yozda darvozabon Kobelni tarkibga qo'shmoqchi

Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida darvozabonlar chizigini kuchaytirish uchun yangi golkiper olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Xorxe Pikon xabariga ko'ra, “qirollik klubi” Dortmundning “Borussiya”si posboni Gregor Kobel variantini ko'rib chiqyapti. Shveysariyalik darvozabon “Real” uchun bu pozitsiyadagi asosiy nishon sifatida ko'rsatilmoqda.
Kobel 2021 yilda “Shtutgart”dan Dortmund jamoasiga 15 million yevroga transfer qilingan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u “Borussiya” safida barcha musobaqalarda 36 uchrashuv o'tkazib, 45 gol o'tkazib yuborgan, 14 o'yinda esa darvozasi daxlsiz qolgan. Transfermarkt portali Kobelning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!