date

Real yozda Gregor Kobelni safiga qoʻshib olmoqchi

Real yozda Gregor Kobelni safiga qoʻshib olmoqchi

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida darvozabon chizigʻini kuchaytirish uchun yangi golkiper olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Xorxe Pikon xabariga koʻra, «qirollik klubi» Dortmundning «Borussiya» jamoasida toʻp surayotgan Gregor Kobel variantini jiddiy koʻrib chiqyapti. Shveysariyalik darvozabon «Real»ning ushbu pozitsiyadagi asosiy nishoni sifatida tilga olinmoqda.

Kobel 2021 yilda «Shtutgart»dan «Borussiya»ga 15 million yevroga koʻchib oʻtgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha moʻljallangan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 36 oʻyinda maydonga tushib, 45 ta gol oʻtkazib yubordi va 14 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Transfermarkt portali Kobelning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real yozda Gregor Kobelni safiga qoʻshib olmoqchi