Jezush Ronalduni yaqin o‘yinda dam oldiradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada tarkibga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu uchrashuvda ham u ro‘yxatda bo‘lmaydi.
«Zich taqvim sabab Ronaldo va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim o‘yin turibdi», — dedi Jezush. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Murabbiy ta’kidlashicha, Ronaldu uchun bunday tanaffus yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan ayrim uchrashuvlarni avval ham o‘tkazib yuborgan.
Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!