date

Real yozda Gregor Kobelni tarkibiga qo'shishni xohlaydi

Real yozda Gregor Kobelni tarkibiga qo'shishni xohlaydi

Madridning «Real» klubi yozgi transferlar oynasida darvozabonlar chizig'ini kuchaytirish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Xorxe Pikon xabariga ko'ra, «qirollik klubi» Dortmundning «Borussiya» jamoasi posboni Gregor Kobel variantini ko'rib chiqmoqda. Shveysariyalik darvozabon hozircha «Real»ning bu pozitsiya bo'yicha asosiy maqsadi sifatida qayd etilgan.

Kobel 2021 yilda «Shtutgart»dan Dortmund klubiga 15 million yevro evaziga o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 36 uchrashuvda maydonga tushib, 45 ta gol o'tkazib yubordi va 14 o'yinda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Transfermarkt portali Kobelning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real yozda Gregor Kobelni tarkibiga qo'shishni xohlaydi