Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasini mag'lubiyat bilan yakunladi

«Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-off yo'llanmasi uchun imkoniyatlarini boy bergandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish bo'ldi, biroq bu gal ham natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda «Buriram Yunayted» 2:0 hisobida g'alaba qozondi: taylandliklar 11 va 22-daqiqalarda ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, o'yin taqdirini erta hal qildi. Tez orada «Shanxay Shenxua» futbolchisi maydondan chetlatilib, son jihatdan kamayib qoldi va intriga deyarli yo'qoldi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing