Real Madrid yozda darvozabon Kobelni olib kelmoqchi

Madridning «Real» klubi yozgi transferlar oynasida darvozabonlar chizigini kuchaytirish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Xorxe Pikon xabariga ko'ra, «qirollik klubi» Dortmundning «Borussiya»sida to'p surayotgan shveysariyalik darvozabon Gregor Kobel variantini ko'rib chiqmoqda. Aynan Kobel «Real» uchun bu pozitsiyadagi asosiy maqsad sifatida qayd etilmoqda.
Kobel 2021 yilda «Shtutgart»dan Dortmund jamoasiga 15 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u «Borussiya» safida barcha turnirlarda 36 o'yinda maydonga tushib, 45 ta gol o'tkazib yubordi va 14 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Transfermarkt portali Kobelning narxini 40 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!