date

Real yozda Gregor Kobelni tarkibiga qo‘shib olmoqchi

Real yozda Gregor Kobelni tarkibiga qo‘shib olmoqchi

Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida darvozabonlar chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi posbon izlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Xorxe Pikon xabariga ko‘ra, “qirollik klubi” Dortmundning “Borussiya” jamoasi darvozaboni Gregor Kobelni transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shveysariyalik golkiper “Real” uchun ushbu pozitsiyadagi asosiy maqsad sifatida tilga olinmoqda.

Kobel 2021 yilda “Shtutgart”dan “Borussiya”ga 15 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u “ariqlar” safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 45 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portali Kobelning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real yozda Gregor Kobelni tarkibiga qo‘shib olmoqchi