date

Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada bo'lib o'tgan uchrashuvdan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Kadrda «Mevlanakapi Guzelhisar» va «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari bahsida darvozabon to'pni uzoqqa tepaman deb, maydon ustidan uchib o'tayotgan chayqaga tegib yuborganini ko'rish mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Holat yuz bergach, har ikki jamoa futbolchilari darhol qush tomon yugurdi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatni tez anglab, chayqaga bilvosita yurak massaji qilishga kirishdi. Shundan so'ng u qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.

Turkiyaning AA portali xabariga ko'ra, chayqa omon qolgan. Qush bir muddat ucha olmaydi, biroq veterinarlarga topshirilgach, asta-sekin sog'ayib ketishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi