Slutskining Shanxay klubining Chempionlar ligasidagi yakuni mag'lubiyat bilan tugadi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng «Shanxay Shenxua» pley-off yo'llanmasi uchun kurashdan butunlay chiqib qolgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi imkoniyat bo'ldi, biroq «eshikni qarsillatib yopish»ning uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Tailand vakili 2:0 hisobida g'alaba qozondi. «Buriram Yunayted» birinchi bo'limning avvalidayoq ikki bor darvozani ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Ko'rtis, 22-daqiqada esa Mueanta Supxanat gol urdi. Oradan ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchiga kam qolib, o'yindagi intriga deyarli so'ndi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!