Real yozda Gregor Kobelni tarkibiga qo‘shib olmoqchi

Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida darvozabonlar chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi golkiper olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Xorxe Pikon xabariga ko‘ra, “qirollik klubi” Dortmundning “Borussiya”si posboni Gregor Kobel variantini jiddiy ko‘rib chiqyapti. Shveysariyalik darvozabon “Real” uchun ushbu pozitsiyadagi asosiy nishon sifatida qayd etilmoqda.
Kobel 2021 yilda “Shtutgart”dan “Borussiya Dortmund”ga 15 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u “ariqlar” safida barcha musobaqalarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 45 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqladi. Transfermarkt portali Kobelning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!