date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenyhua yakunda mag'lub bo'ldi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenyhua yakunda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng «Shanxay Shenyhua» pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan obro' uchun so'nggi urinish edi, biroq bu safar ham esda qolarli yakun chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda taylandliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Birinchi bo'limning avvalidayoq «Buriram Yunayted» ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat gol urdi. Ko'p o'tmay «Shanxay Shenyhua» bir futbolchiga kam bo'lib qolgani intriganing erta so'nishiga sabab bo'ldi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenyhua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenyhua yakunda mag'lub bo'ldi