date

Chempionlar ligasida hafta futbolchisi nomi e'lon qilindi

Chempionlar ligasida hafta futbolchisi nomi e'lon qilindi

Chempionlar ligasining pley-off bosqichi javob o'yinlari seshanba va chorshanba kunlari bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvlar yakuniga ko'ra haftaning eng yaxshi futbolchisi deb "Atletiko" hujumchisi Aleksandr Syorlot topildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Seshanba kuni "Atletiko" o'z maydonida "Bryugge"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Syorlot bu bahsda xet-trik qayd etib, g'alabaning asosiy qahramoniga aylandi.

Natijada "Atletiko" 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi va bu bosqichda albatta Angliya klublaridan biriga ro'baro' keladi. "Matraschilar"ning ehtimoliy raqiblari — "Liverpul" yoki "Tottenhem". Qura tashlash marosimi 27 fevral kuni o'tkaziladi.

Ta'kidlash joiz, La Liga turnir jadvalida "Atletiko" hozircha to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasida hafta futbolchisi nomi e'lon qilindi