Real yozda Gregor Kobelni tarkibiga qoʻshmoqchi

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida darvozabonlar chizigʻini kuchaytirish uchun yangi posbon olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Xorxe Pikon bergan maʼlumotga ko‘ra, «qirollik klubi» Dortmundning «Borussiya» jamoasi darvozaboni Gregor Kobelni transfer qilish variantini ko‘rib chiqyapti. Shveysariyalik posbon «Real»ning bu pozitsiyadagi asosiy maqsadi sifatida qayd etilmoqda.
Kobel 2021 yilda «Shtutgart»dan «Borussiya Dortmund»ga 15 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha moʻljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 45 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Transfermarkt portali Kobelni 40 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!