Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenyhua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida «Shanxay Shenyhua» yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish edi, biroq kutilgan natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Buriram Yunayted» birinchi bo‘limning dastlabki qismidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat gol urdi.
Ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenyhua» maydonda bir futbolchiga kamayib qoldi va bu holat uchrashuvdagi intriganing deyarli barham topishiga olib keldi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenyhua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!