date

Galatasarayda oylik maoshlar kechikmoqda va vaziyat tarang

Galatasarayda oylik maoshlar kechikmoqda va vaziyat tarang

Kon'yaspor'ga kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng «Galatasaray» ichida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilariga maoshlar to'lanmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari esa vaziyat yuzasidan izoh bermayotgani OAV va muxlislar qiziqishini yanada kuchaytirmoqda.

Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyati jiddiy savol ostida qolayotganini ta'kidladi.

Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va bitta o'yini zaxirada bo'lgan «Fenerbahche» tez orada yetib olishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda oylik maoshlar kechikmoqda va vaziyat tarang