Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenyxua Osiyo Chempionlar Ligasida yutqazdi

“Shanxay Shenyxua” Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida yetti turdan so‘ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda “Buriram Yunayted”ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish bo‘ldi, biroq bu safar ham omad kelmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga yakunlandi. “Buriram Yunayted” ilk bo‘limning boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Muanta gol muallifiga aylandi. Ko‘p o‘tmay “Shanxay Shenyxua” bir futbolchisi maydondan chetlatilib, kam sonli bo‘lib qolgani intriganing erta so‘nishiga sabab bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenyxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yakunigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!