date

Real yozda darvozabon Kobelni tarkibga qo‘shmoqchi

Real yozda darvozabon Kobelni tarkibga qo‘shmoqchi

Madridning «Real» klubi yozgi transferlar oynasida darvozabonlar chizig‘ini kuchaytirish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Xorxe Pikon xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» Dortmundning «Borussiya» jamoasi posboni Gregor Kobel variantini ko‘rib chiqmoqda. Shveysariyalik darvozabon «Real» uchun bu pozitsiyadagi asosiy maqsad sifatida tilga olinmoqda.

Kobel 2021 yilda «Shtutgart»dan «Borussiya»ga 15 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 45 gol o‘tkazib yubordi, 14 uchrashuvda esa darvozasi daxlsiz qoldi. Transfermarkt portali Kobelning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real yozda darvozabon Kobelni tarkibga qo‘shmoqchi