Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqani qutqarib qoldi

Turkiyada o‘tgan uchrashuvdan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. «Mevlanakapi Go'zelhisar» va «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari o‘rtasidagi bahsda darvozabon to‘pni uzoqqa tepaman deb, maydon uzra uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qush yerga qulagach, ikki jamoa futbolchilari darhol uning oldiga yugurib bordi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatga tezda tushunib, chayqaga yurakni bilvosita massaj qilishni boshladi.
Shundan so‘ng futbolchi chayqani maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi. Turkiyaning AA portali xabariga ko‘ra, chayqa omon qolgan: u bir muddat ucha olmaydi, biroq veterinarlardan yordam olgach, o‘ziga kelishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing