Aleksey Berezutskiy Golovin RPLga qaytmaydi deb o'ylaydi

Rossiya terma jamoasi va Moskvaning CSKA klubi sobiq himoyachisi Aleksey Berezutskiy «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovin Rossiya Premer-ligasiga qaytishni istamasligini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Berezutskiy fikricha, Golovinning Yevropadagi faoliyatidan keyin CSKAga qaytishi chiroyli yakun bo'lardi, biroq futbolchining o'zi bunday qarorga kelishi qiyin.
Golovin 2018 yil yozidan buyon «Monako» safida o'ynab kelmoqda. Rossiyalik futbolchining fransuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oxirigacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda Liga 1 doirasida Aleksandr 16 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing