Deku Barselonaning PSJ va Nyukaslga qarshi imkonini baholadi

Juma kuni «Barselona» Chempionlar ligasidagi navbatdagi raqibini bilib oladi. «Ko'k-anorranglilar» 1/8 final yo'llanmasi uchun «PSJ» yoki «Nyukasl»dan biriga to'qnash keladi. Bu ikki klub pley-offning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, mos ravishda «Monako» va «Qorabog'»ni ortda qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«PSJ» va «Nyukasl» uslubi jihatidan turlicha jamoalar. Shunga qaramay, bizda har qaysi raqibdan o'tish uchun yetarli darajada sifat va tajriba bor», — deya «Barselona» sport direktori Dekuning so'zlarini keltiradi Managing Barca.
Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvlari 10–11 hamda 17–18 mart kunlari bo'lib o'tadi. Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa umumiy bosqich yakunlariga ko'ra turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab, to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga yo'l oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!