Benfika himoyachisi Viniusiusdan futbolka so'ragani uchun uzr so'radi

"Benfika"ning o'ng qanot himoyachisi Sidni Lopesh Kabral Chempionlar ligasida Madridning "Real"iga qarshi o'yindan so'ng Viniusius Junior bilan futbolka almashmoqchi bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 yoshli futbolchi braziliyalik yulduzga bu haqda murojaat ham qilgan, biroq klub ichida bu holat noto'g'ri qabul qilinishi mumkinligini anglagach, fikridan qaytishga majbur bo'ldi, deya xabar beradi Record. Kabral hatto jamoadoshlaridan ham uzr so'ragan.
Javob uchrashuvida "Real" 2:1 hisobida g'alaba qozondi, Viniusius esa hal qiluvchi gol muallifiga aylandi. Lissabonda o'tgan ilk o'yinda ham u yagona golni urgandi, biroq o'sha bahsda nishonlash harakati va Janluka Prestiannini irqchilik haqoratlarida ayblagani ko'proq muhokama qilingandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!