date

Al-Nasr murabbiyi Ronalduni navbatdagi o'yinga olib chiqmaydi

Al-Nasr murabbiyi Ronalduni navbatdagi o'yinga olib chiqmaydi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o‘ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchining tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u ro‘yxatda bo‘lmaydi.

Jezushning aytishicha, zich taqvim sabab Ronaldo va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish qarori qabul qilingan. Murabbiy buning asosiy sababi sifatida oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim bellashuv borligini ta’kidladi.

«Al Nassr Zone» keltirgan iqtibosga ko‘ra, Jezush Ronalduning dam olishi yangilik emasligini, Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan uchrashuvlarda u birinchi marta qatnashmayotganini ham eslatib o‘tdi.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» o‘yini shanba kuni, 14-fevralda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr murabbiyi Ronalduni navbatdagi o'yinga olib chiqmaydi