date

Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqani qutqarib qoldi

Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqani qutqarib qoldi

Turkiyada bo'lib o'tgan uchrashuvdan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. "Mevlanakapy G'yuzelhisar" va "Istanbul Yurdum Spor" jamoalari bahsida darvozabon to'pni uzoqlashtiraman deb, maydon ustidan uchib o'tayotgan chayqaga tegib yuborgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Voqeadan so'ng har ikki jamoa futbolchilari darhol qush tomon yugurib borishdi. "Istanbul Yurdum Spor" sardori Gani Chatan tezda vaziyatni anglab, chayqaga yurakni bilvosita massaj qilishni boshladi, keyin esa uni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.

Turkiyaning AA nashri xabariga ko'ra, chayqa tirik qolgan. Qush bir muddat ucha olmaydi, biroq veterinarlarga topshirilgach, asta-sekin sog'ayishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqani qutqarib qoldi