date

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasini maglubiyat bilan yakunladi

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasini maglubiyat bilan yakunladi

«Shanxay Shenxua» yetti turdan so'ng Osiyo Chempionlar ligasida pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonard Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan oxirgi urinish bo'ldi, biroq bu safar ham natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga yakunlandi. «Buriram Yunayted» birinchi bo'limning boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Shundan keyin «Shanxay Shenxua»ning qizil kartochka olib, bir kishi kam qolishi o'yin intrigasi amalda yo'qolishiga olib keldi.

Ma'lumot uchun, Leonard Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasini maglubiyat bilan yakunladi