date

Kostakurta Atalanta o'yinidan hayratda qolganini aytdi

Kostakurta Atalanta o'yinidan hayratda qolganini aytdi

Italiyaning «Atalanta» klubi Chempionlar ligasida keyingi bosqichga chiqqan A Seriyadagi yagona jamoa bo'ldi. Dortmundning «Borussiya»siga safarda 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bergamoliklar javob uchrashuvida muxlislarni lol qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiyaliklar o'z maydonida raqibdan to'liq revansh olib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi va ikki o'yin natijasiga ko'ra yo'lini davom ettirdi. Uchrashuvdan so'ng «Milan» faxriysi Alessandro Kostakurta «Atalanta»ning o'yinini yuqori baholab, jamoaning chiqishidan katta taassurot olganini yashirmadi.

«Bu aqlbovar qilmas edi. Ular buni uddalay oladi, deb uncha ishonmagandim, biroq ular telbalarcha darajada kuchli o'yin ko'rsatdi va yana bir bor Italiya futboli elitasi qatorida ekanini isbotladi. Pasalichdek yetakchini esa Franko Barezidan beri ko'rmagandim», — deya Kostakurtaning so'zlarini pianetamilan.it keltirdi.

Eslatib o'tamiz, «Atalanta» 2024 yilda Yevropa ligasida g'olib chiqqan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kostakurta Atalanta o'yinidan hayratda qolganini aytdi