date

Jezush Ronalduning navbatdagi o'yinda dam olishini tasdiqladi

Jezush Ronalduning navbatdagi o'yinda dam olishini tasdiqladi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Chorshanba kuni Ar-Riyod klubi OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchining tez orada jamoaga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safargi o'yinda u yana qaydnomadan joy olmaydi.

Jezushning aytishicha, Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qancha futbolchiga zich taqvim sababli dam berishga qaror qilingan. Murabbiy buning ortida shanba kuni bo'lib o'tadigan "Al-Fateh"ga qarshi muhim uchrashuv turganini ta'kidladi.

Shuningdek, mutaxassis Ronaldu Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarni o'tkazib yuborishi yangilik emasligini eslatdi. Al Nassr Zone manbasi Jezushning shu fikrlarini keltirdi.

Saudiya chempionati doirasidagi "Al-Fateh" – "Al-Nasr" o'yini 14-fevral, shanba kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduning navbatdagi o'yinda dam olishini tasdiqladi