date

Kafanov Safonov va Haykin yutuqlarini rossiyaliklar ruhiyati bilan bog'ladi

Kafanov Safonov va Haykin yutuqlarini rossiyaliklar ruhiyati bilan bog'ladi

Rossiya terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Kafanov Matvey Safonov hamda Nikita Haykinning muvaffaqiyatlarida rossiyaliklarga xos mentalitet muhim rol o'ynayotganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Haykin to'p surayotgan “Bude-Glimt” klub tarixida ilk bor Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo'l oldi. Safonov safidagi “PSJ” ham ayni bosqichda maydonga tushadi va Fransiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.

“Albatta, bu bog'liq. Tarixan rus odami ruhi bilan qutqarishga, yordamga shoshilishga odatlangan — u qahramon. Sportda bu eng avvalo darvozabonlarga taalluqli”, — deya Kafanovning so'zlarini “Match TV” keltirdi.

Mutaxassis, shuningdek, Avstriyaning “Shturm” klubida o'ynayotgan Daniil Hudyakovni ham alohida e'tirof etdi. Haykin haqida esa Kafanov uni mahalliy darvozabonlik maktabi mahsuli deb hisoblashini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kafanov Safonov va Haykin yutuqlarini rossiyaliklar ruhiyati bilan bog'ladi