date

Slutskining Shanxayi OCHLda Buriramga yutqazib qo'ydi

Slutskining Shanxayi OCHLda Buriramga yutqazib qo'ydi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin «Shanxay Shenxua» pley-off yo'llanmasi uchun imkoniyatlarini boy berdi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskiy jamoasi uchun musobaqadagi so'nggi imkoniyat, ya'ni «eshikni qarsillatib yopish» urinishi edi, ammo bu ham ish bermadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi «Buriram Yunayted» 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ular dastlabki taymning boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi va o'yin taqdirini erta hal qildi. Ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchisini yo'qotib, maydonda kamchilikda qoldi va intriga deyarli so'ndi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskining Shanxayi OCHLda Buriramga yutqazib qo'ydi